Tarjima : "Qalb maskani" (yoki "Yashirin qalblar oroli") – bu mening tabiatimni o'z o'rniga qo'yadigan va hissiyotlarimga taskin beradigan orol. Bu men yaratgan olam bo'lib, unda yashirin xarakterlarim va bostirilgan his-tuyg'ularim saqlanadi. Hammamiz hayotda niqoblar kiyib yashaymiz. Shaxsan men haqimda aytadigan bo'lsam: men o'z o'rnida tura olmaydigan odamman. Uzoq vaqt davomida qattiq o'qish (o'qish davridagi tazyiqlar) natijasida o'z tabiatimni bo'g'ib kelganman. Universitetga kirganimdan so'ng, kim bo'lishni xohlashimni bilmay qoldim. Atrofimdagilarni kuzatdim, jamiyatga moslashish va maqtovlarga sazovor bo'lish uchun o'zimning "moslashmagan" yoki "yetuk bo'lmagan" tomonlarimni yashira boshladim. Munosabatlarni saqlab qolish uchun o'z his-tuyg'ularimni bostirdim, boshqalarga yoqish uchun esa o'zimni o'zgartirdim. Ko'pchilik niqobni shunchalik uzoq taqib yuradiki, natijada ichki dunyosi yopilib qoladi va ijtimoiy aloqalar faqat tashqi ko'rinish darajasida qoladi – hech kim ularning qalbiga yetib bora olmaydi. Hatto oila davrasida ham tushunilmaslik va dardingni aytib bera olmaslik holatlari yuz beradi. Ko'ngilochar vositalar faqat vaqtinchalik yechim beradi, ammo muammodan qutulishning iloji yo'q. Natijada "haqiqiy men" bilan "rol o'ynayotgan men"ni farqlay olmay qolamiz. Bu esa sarosima, xavotir va hayotdan zavq olmaslikka olib keladi. "Qalb maskani" – bu o'zligingni yashirishing shart bo'lmagan makon. Men shunday dunyoni yaratdimki, undagi barcha narsalar seni tabiatan qabul qiladi va tushunadi. Bu orolning asosiy maqsadi – seni haqiqiy hayotga qaytishingga yordam berishdir. Shu sababli, dizayn uchun eng yengil va xotirjam rang – yashil rangni tanladim. @xitoy_tili_dehqonchasiga 🇨🇳
https://t.me/keling_xitoy_tilini_organamiz/2996