⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 📣 2026/2027-o‘quv yilida Namangan davlat universiteti magistraturasiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari. 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilida Namangan davlat universiteti magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha jami 405 nafar magistrant qabul qilinishi belgilangan. 👩💻🧑💻 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi. ✍️ Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 💻 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: 🔸 Bakalavr diplomi ✅ 🔸 Chet tilini bilish sertifikati ✅ 💭 Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati 🤵 Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi: 🔺 Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari; 🔺 Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar); 🔺 Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar. #NamDU #qabul_2026 #magistratura #kunduzgi_ta’lim ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group
https://t.me/turktili_milliy_sertifikatt/11189