⚖️ Apple OpenAI'ni sudga berdi: maxfiy ma'lumotlar o‘g‘irlanganini da'vo qilmoqda. Apple AQSh federal sudiga OpenAI, sobiq Apple xodimlari va Joni Ayv boshchiligidagi io Products kompaniyasiga qarshi da'vo arizasi kiritdi. Kompaniya ayrim sobiq xodimlar Apple'dan ketishdan oldin maxfiy hujjatlar va hali e'lon qilinmagan mahsulotlarga oid ma'lumotlarni noqonuniy olib chiqqanini iddao qilmoqda. Apple'ning ta'kidlashicha, ushbu ma'lumotlar OpenAI'ning apparat loyihalarida ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Hozircha OpenAI va boshqa ayblanuvchilar suddagi ushbu da'volar yuzasidan rasmiy hukm chiqarilmaguncha aybsiz hisoblanadi. 📱 @teleshopuz - Telefon bozor va yangiliklar kanali!
https://t.me/teleshopuz/7005